» » Tramp Falastin—Isroil mojarosini barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etdi

Tramp Falastin—Isroil mojarosini barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini taqdim etdi, deb xabar beradi Meduza.

Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan chiqish qildi. Falastin administratsiyasi rahbari Mahmud Abbos esa uchrashuvda ishtirok etmagan.

Donald Tramp Sharqiy Quddusda poytaxti bo‘lgan Falastin davlatini yaratish taklifini bildirib, Quddus Isroilning “ajralmas poytaxti” ekanligini ma’lum qilgan. Biroq bu qanday amalga oshirilishiga AQSh prezidenti izoh bermagan.

Trampning rejasiga ko‘ra, falastinliklar Isroilni yahudiylar davlati deya tan olishi kerak. Isroil esa Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi yirik qishloqlarni saqlab qoladi, biroq besh yil ichida yangi qishloqlar qurmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.

Trampning ma’lum qilishicha, falastinliklar nazorati ostidagi hudud ikki barobarga oshadi. Biroq bu qanday amalga oshishiga aniqlik kiritilmagan. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur taklifni amalga oshirilishi Falastin iqtisodiyotiga 50 milliard dollar investitsiya jalb etadi.

Mavzuga doir: Trampning Putinga sovg‘asi. Rossiya Yaqin Sharqda hukmronligini o‘rnatadimi? Jahon matbuoti sharhi

Netanyaxu Tramp tomonidan bildirilgan taklifga asosan falastinliklar bilan muzokaralar boshlashga tayyor ekanligini bildirgan. Jurnalistlar esa Falastin AQSh prezidentining taklifini rad etishini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют