» » Koronavirusning tuzilishi, bayroqni tepgan askar, qamalda qolgan 6 ming kishi. 30-yanvarning eng qiziqarli suratlari

Koronavirusning tuzilishi, bayroqni tepgan askar, qamalda qolgan 6 ming kishi. 30-yanvarning eng qiziqarli suratlari


Bugun, 30-yanvar kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i

Donald Trampning Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha rejasini taqdim etganidan so‘ng boshlangan mojarolarda isroillik askar Falastin bayrog‘ini tepmoqda.

Xitoyning Uxan shahrida ilk bor qayd etilgan respiratorli kasallik epidemiyasiga sabab bo‘lgan yangi koronavirusning ultrastrukturaviy tuzilishi namoyish etildi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi: Virus bo‘yicha 30-yanvar kunining eng muhim voqealari

Vashington, AQSh

AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy advokati Jey Sekulou impichment bo‘yicha sudni tark etmoqda.

Katmandu, Nepal

Bolakay Sarasvati ibodatxonasi devorida yozuv qoldirmoqda. Nepalda donolik va ta’lim ma’budasi Sarasvati sharafiga “Shri Panchami” festivali o‘tkazilmoqda.

Xubey, Xitoy

Uxandagi Tyanxe xalqaro aeroportida to‘xtab turgan yo‘lovchi samolyotlari. Koronavirus tufayli dunyoning ko‘plab aviakompaniyalari Xitoyga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni bekor qilmoqda.

Port-o-Prens, Gaiti

Port-o-Prens xarobalarida singlisi va suv to‘ldirilgan kanistrni aravada olib ketayotgan qiz.

Nyu-Deli, Hindiston

Hindistonda musulmonlarni kamsituvchi fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik vaqtida noma’lum shaxs namoyishchilarga qarata o‘q uzdi.

Los-Anjeles, AQSh

Los-Anjeles o‘t o‘chirish xizmati xodimlari ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirdi.

Madrid, Ispaniya

Modalar haftaligida chiqish qilayotgan model.

Xubey, Xitoy

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun yuk mashinasi va ekskavator Szyanli uyezdiga olib boradigan mashina yo‘lini to‘sib turibdi.

Santyago, Chili

Chili politsiyasi yuk mashinasi “Kolo Kolo” futbol klubi ishqibozini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganidan keyin namoyishchilar qurilish maydonini yoqib yubordi.

Kaliforniya, AQSh

AQSh—Meksika chegarasi ostida 1300 metrli tunnel aniqlandi. Kontrabanda uchun mo‘ljallangan tunnelda ventilyatsiya tizimi, vagonchalar uchun yo‘llar, yuqori voltli elektr kabellari va panellari, kirish joyida lift va suv oqova tizimi bo‘lgan.

Shanxay, Xitoy

Mobil telefonini tekshirayotgan niqob taqqan ayol.

Mavzuga doir: Butun dunyoda odamlar koronavirusdan qanday himoyalanmoqda? (fotogalereya)

Los-Anjeles, AQSh

31-yanvardan 26-aprelgacha Los-Anjelesda Britni Spirsning kliplari dekoratsiyalaridan iborat ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i

Falastinlik namoyishchi Isroil qurolli kuchlari vakili bilan tortishmoqda.

Vashington, AQSh

Oq uy mehmonining galstugida Donald Tramp o‘z imzosini qoldirdi.

Chivitavekkya, Italiya

Italiyaning Chivitavekkya portida bortida 6 ming kishi bo‘lgan kruiz layneri to‘xtab qoldi. Bunga laynerdagi xitoylik juftlikda koronavirus belgilari paydo bo‘lgani sabab bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют