» » Ispaniya Kubogi. “Barselona” yirik g‘alabaga erishib, 1/4 finalga chiqdi (video)

Ispaniya Kubogi. “Barselona” yirik g‘alabaga erishib, 1/4 finalga chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida 30-yanvar, payshanba kuni Kike Setyen qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Leganes”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “ko‘k-anorranglilar” vakillari Antuan Grizmann (4), Kleman Langle (27), Lionel Messi (59, 89) hamda Artur (77) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Barselona” “Leganes” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi va musobaqaning keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahsi

30-yanvar, payshanba

Gollar: 1:0 — 4 Grizmann, 2:0 — 27 Langle, 3:0 — 59 Messi, 4:0 — 77 Artur, 5:0 — 89 Messi

“Barselona”: ter Stegen, Langle, Pike, Semedu, Alba (Firpo, 64), Buskets, de Yong, Vidal (Rakitich, 61), Fati, Messi, Grizmann (Artur, 72)

“Leganes”: Kuelyar, Silva (Rodriges, 57), Tarin, Siovas, Rosales, Oskar Rodriges, Mesa (Eraso, 57), Ruibal, Ruben Peres, Avazyem, Breytueyt (Plomer, 71).

Ogohlantirishlar: Ruben Peres (25), Avazyem (73), Tarin (83)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 01:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют