» » AQSh oxirgi ikki hafta mobaynida Xitoyga borgan chet elliklarni mamlakatga kirishiga taqiq o‘rnatdi

AQSh oxirgi ikki hafta mobaynida Xitoyga borgan chet elliklarni mamlakatga kirishiga taqiq o‘rnatdi


AQSh koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoyga oxirgi ikki hafta mobaynida borgan chet elliklarni mamlakatga kirishga taqiq o‘rnatdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar ichki xavfsizlik vazirligi xabar bermoqda, deya ma’lum qiladi “RIA Novosti”.

“Xitoyga AQShga kelishidan oldingi 14 kun davomida safar qilganlar Qo‘shma Shtatlarga kirishi man etiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni vaqtda, AQShda doimiy yashovchilar, mamlakatda yaqin qarindoshlari bo‘lganlar, shuningdek, aviaekipajlar mazkur taqiqdan istisno ekanligi bildirilgan.

Xitoyning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida oxirgi ikki hafta mobaynida AQSh fuqarolari 14 kunlik majburiy karantindan o‘tishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют