» » “Liverpul” Angliyada tarixiy rekordni o‘rnatishga yaqin turibdi

“Liverpul” Angliyada tarixiy rekordni o‘rnatishga yaqin turibdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” musobaqa tugashiga yetti tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin, deya xabar qilmoqda Gracenote.

Yevropa kuchli beshlik ligalari tarixida bunday natija faqat ikki bor kuzatilgan: 2015/16-yilgi mavsumda PSJ mavsum yakunlanishiga sakkiz tur qolganida Fransiya chempioniga aylangan, 2013/14-yilgi mavsumda esa “Bavariya” yetti tur avval Bundesliga g‘olibligini qo‘lga kiritgandi. Angliyada esa bunday natija hali qayd etilmagan.

Agar “Liverpul” xuddi shu jadalda ketadigan bo‘lsa, yana oltita g‘alabadan keyin ya’ni 31-turda chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin. Agar ta’qibchilar ochko yo‘qotadigan bo‘lsa “qizillar” undan ham avval chempionlikni tantana qilishi mumkin.

“Liverpul” Premyer Liga joriy mavsumida 25-turdan keyin 24 g‘alaba va bir durang qayd etgan holda 73 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Siti”ni 22 ochkoga ortda qoldirmoqda. Yurgen Klopp jamoasi keyingi, 26-turda 20-o‘rinda borayotgan “Norvich” maydoniga safar qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют