» » Qo‘qonda choyxonada janjallashgan erkak bir necha kishini ov miltig‘i bilan jarohatladi

Qo‘qonda choyxonada janjallashgan erkak bir necha kishini ov miltig‘i bilan jarohatladi


Qo‘qonda General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonada J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjalda o‘qotar qurol bilan jinoyat sodir etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 6-fevral kuni soat 00:10 larda yuz bergan.

Janjal davomida J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘qotar qurol (ov miltig‘i)dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “a, p” bandlari (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 13:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют