» » Kremlda Putin bilan uchrashadigan har bir kishining tana haroratini o‘lchash boshlandi

Kremlda Putin bilan uchrashadigan har bir kishining tana haroratini o‘lchash boshlandi


Rossiya prezidenti ma’muriyati Vladimir Putin ishtirokidagi ommaviy tadbirlarga kelgan har bir kishining tana haroratini o‘lchashni boshladi. Tana haroratini teplovizor bilan qurollangan kishi o‘lchamoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Kremlda yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shimcha choralar joriy qilingan.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga rahbarlik qilayotgan bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, Kremldagi tekshiruvlar koronavirus sababli emas, balki mahalliy mavsumiy gripp sababli olib borilmoqda.

Bir qator davlatlar qatorida Rossiya ham o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qildi. Putin esa virusga qarshi preparatlar va niqoblar narxini oshirgan dorixonalardan litsenziyasini olib qo‘yishni taklif qildi. Koronavirus Rossiyada sarimsoq taqchilligiga sabab bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют