» » Chelyabinskdagi qishloqlardan birida aholi koronavirusdan karantin markazini boshqa joyga ko‘chirishni talab qilmoqda

Chelyabinskdagi qishloqlardan birida aholi koronavirusdan karantin markazini boshqa joyga ko‘chirishni talab qilmoqda


Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Roshino qishlog‘i aholisi Xitoydan kelayotgan odamlar uchun karantin markazi tashkil qilingan dam olish oromgohiga olib boradigan yo‘llarni yopib qo‘ydi. Ular ichida ikki nafar XXR fuqarosi bo‘lgan tez tibbiy yordam mashinasini markazga o‘tkazmagan, deb yozmoqda “Znak.com”.

Sanatoriy Roshinoga qo‘shni Ujevka qishlog‘ida joylashgan, 9-fevral, yakshanba kuni, u yerga olti nafar xitoylik olib kelingan. Roshinoda yashaydigan mahalliy aholi uchrashuvga kelgan sog‘liqni saqlash vaziridan ularni hududdan olib ketishni talab qilgan.

“Olti nafar xitoylik bu yerdan olib ketilmasa, biz sizlarni o‘tkazmaymiz! Shu yerda kunu tun navbatchilik qilamiz. Axir biz bu yerda yashaymiz!” — deya baqirgan qishloqda yashovchi fuqarolar.

Mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Ujevkada karantin markazi tashkil qilmaslikni va’da bergan.

“Bu yerga boshqa hech kim olib kelinmaydi. Biz masalani hal qildik. Endi bu yerga boshqa bemorlar joylashtirilmaydi”, — deya amaldor so‘zlarini keltirgan Znak.

В Сосновском районе люди вышли на протест против открытия нового карантинного центра по коронавирусу. Десяток жителей собрался возле администрации Рощино. К ним уже вышел глава района и представитель минсоца. О происходящем рассказываем в режиме онлайн. https://t.co/fJUCtpD6Ap pic.twitter.com/mhgxCkZ7ZJ

— 74.ru (@_74ru_) February 9, 2020

“74.ru” nashri esa vazirning so‘zlarini boshqacharoq shaklda e’lon qilgan:

“Bugun boshqa odam olib kelinmaydi, avvalroq kelgan olti nafar odam ham yaqin vaqt ichida boshqa joyga olib ketiladi”.

Chelyabinsk viloyatiga olib kelingan Xitoy fuqarolari uchun karantin markazi avvaliga Varnen tumanida ochilishi rejalashtirilgandi, biroq mahalliy aholining noroziliklari tufayli muassasa Ujevka qishlog‘iga ko‘chirilgan. Znak’ning yozishicha, viloyat hududida yana 15 nafar xitoylik Miassadagi shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют