» » Samarqandda YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 5 sutkaga qamaldi

Samarqandda YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 5 sutkaga qamaldi


Samarqandda YPX inspektoridan ma’muriy bayonnoma tuzmaslikni talab qilib, uning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan hamda xodimning bodikamerasini yulib olgan fuqaroga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, viloyat IIB YHXB inspektori, safdor F.Abdusamatov 2020-yilning 11-fevral kuni Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek, Spitamenshoh va Beruniy ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtida Pastdarg‘om tumani “Galabotir” mahallasida yashovchi fuqaro A.J. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinani to‘xtatgan.

Haydovchi A.J. yo‘l harakati qoidasi talablarini qo‘pol ravishda buzib, “to‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi ostida sababsiz to‘xtab turgan. Haydovchi mazkur holatni unga tushuntirib, qoidabuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzayotgan YPX inspektoridan jarima yozmaslikni talab qilib, qonuniy faoliyatga to‘sqinlik qilgan. Bu ham yetmaganidek xodimning egnidagi xizmat kiyimiga o‘rnatilgan bodikamerani yulib olgan.

Samarqand shahar Ma’muriy sudi qaroriga asosan fuqaro A.J. “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют