» » “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Bu Prezidentning “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga oid farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Bunda Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasini jalb etgan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish, temir yo‘l sohasida raqobat muhitini yaratish, yo‘lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni bir-biridan ajratish, xususiy sektorni jalb qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini alohida rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ko‘zda tutiladi.

Buning uchun joriy yil 1-iyungacha muddat berilgan.

Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston Respublikasining transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish ham belgilangan.

Bundan ko‘zda tutilgan maqsad O‘zbekistonni logistika samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 2030-yilgacha dunyoning 50 talik davlatlari ro‘yxatiga kiritish maqsadida logistikaga tegishli 6 ta yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ekanligi qayd etilgan.

Mazkur strategiyani o‘z ichiga olgan Prezident qarori loyihasi 2020-yil 1-sentabrgacha tayyorlanishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют