» » O‘zbekistonda davlatga majburiy g‘alla sotish rejasi 35 foizga kamaytiriladi

O‘zbekistonda davlatga majburiy g‘alla sotish rejasi 35 foizga kamaytiriladi


O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab davlat tomonidan paxta ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasi hamda uning narxini belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Bu Prezidentning “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga oid farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda davlatga majburiy g‘alla sotish rejasini 35 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi xo‘jaliklarni yalpi xatlovdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi isloh qilinib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmlarini keskin oshirish choralari ko‘riladi. Joriy yilda 2 milliard dollarlik, keyingi 5—7 yilda esa bundan 3—4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют