» » Namanganda piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi

Namanganda piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi


10-fevral, dushanba kuni, soat 21:00 atrofida Chortoq—Kalishoh—Hazratshoh avtomobil yo‘lining Chortoq tumani, Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan 20-kilometrida noma’lum avtomashina haydovchisi yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan piyoda, 62 yoshli O.Q.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

O.Q. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida halok bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi 27 yoshli M.A. o‘zining boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют