» » Nur-Sultonda Nazarboyev nevarasining “ko‘p millionli korrupsiya” haqida aytgan gaplari mamlakatga nisbatan bosim ekani aytildi

Nur-Sultonda Nazarboyev nevarasining “ko‘p millionli korrupsiya” haqida aytgan gaplari mamlakatga nisbatan bosim ekani aytildi


Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysultonning Facebook’dagi postlari muayyan shaxslarning ta’siri ostida yozilgan va bu mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri bosim o‘tkazish, degan Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev. Bu haqda “Kommersant” xabar qildi.

Avvalroq Oysulton Nazarboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana berishni so‘ragan va Rossiya va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi yirik ko‘lamli korrupsiya” va xalqdan o‘g‘irlangan milliardlab dollarlar haqidagi ma’lumotga ega ekani haqida yozgandi.

29 yoshli Oysulton Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyev va Rahat Aliyevning o‘g‘li. U Britaniyaning Sandxerst Qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan va Qozog‘iston bosh razvedka mudofaa boshqarmasiga ishga olingandi.

“Men giyohvandlikka berilgan odamning gaplaridan iqtibos keltirish, u gaplarga asoslanib nimadir aytish va uni muhokama qilish odobdan emas deb hisoblayman. Ushbu holatda uning ochiqchasiga gapirayotgani emas, balki sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat xavotir uyg‘otadi. U Facebook’da yozgan postlar kimlarningdir ta’siri ostida e’lon qilingan deb hisoblayman”,— deya ushbu vaziyatga izoh bergan “Xabar” telekanali efirida Qozog‘iston vaziri.

Abayev Nursulton Nazarboyevning nevarasi giyohvand moddalar iste’mol qilishga mukkasidan ketganini va shu sababli uning bu kabi fikrlarini jiddiy qabul qilishga asos yo‘qligini qayd etgan.

“Hozir sodir bo‘layotgan hodisa – undan g‘araz maqsadlarda foydalanish va mamlakatimizga bosim o‘tkazish, iflos o‘yin”,— degan vazir.

Oysulton Nazarboyev “ko‘p millionli korrupsiya” haqidagi ma’lumotlarni Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida oshkor etishini bildirgan. Yigit intervyuning qachon e’lon qilinishi haqida aniq ma’lumot bermagan. Bir oy avval Oysulton Facebook’dagi sahifasida Nursulton Nazarboyevning nevarasi emas, balki o‘g‘li ekani haqida post qoldirgandi.

Mavzuga doir: Nazarboyevning nevarasi qozoq xalqi dushmanlarini sanab o‘tdi

Bir necha oy ilgari esa Oysulton Nazarboyev begona shaxsning mulki hisoblangan uyga bostirib kirgani va politsiyachi bilan mushtlashgani uchun London sudi tomonidan bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud qaroriga ko‘ra u ushbu muddat ichida giyohvand moddalarga qaramlikdan ham davolanishi belgilangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют