» » Buxoroda jayron ovlaganlarga sud hukmi o‘qildi. Qonunbuzarlardan qariyb 67 mln so‘mlik zarar undirilib 4 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Buxoroda jayron ovlaganlarga sud hukmi o‘qildi. Qonunbuzarlardan qariyb 67 mln so‘mlik zarar undirilib 4 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi


2019-yil 24-avgustdan 25-avgustga o‘tar kechasi uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan.

2020-yil 7-fevral kuni ushbu sud ishining yakuniy yig‘ilishi Qorako‘l tumanining jinoyat sudida bo‘lib o‘tdi.

Sud hukmiga muvofiq qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilanib, ularga jami 66 million 900 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi va undirib olindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2020, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют