» » O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun konsullik ro‘yxatidan o‘tish imkoni yaratildi

O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun konsullik ro‘yxatidan o‘tish imkoni yaratildi


“Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Buyruq bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, endilikda xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun interaktiv konsullik xizmatlari consulate.mfa.uz veb-portali orqali ham doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatidan o‘tish imkoni yaratildi.

Bunda, konsullik ro‘yxatidan o‘tish uchun kerak bo‘lgan hujjatlarning PDF formatda skaner qilingan nusxalari tizimga joylashtiriladi.

Hujjatlar taqdim etilgan vaqtning o‘zida konsullik mansabdor shaxsi portal orqali ro‘yxatga olingan shaxslarning elektron pochta manziliga konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi tegishli xabarnomani jo‘natadi.

Buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют