» » Xitoy, Qatar va BAAdan keyin Iroq termasi ham bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Xitoy, Qatar va BAAdan keyin Iroq termasi ham bosh murabbiyni iste’foga chiqardi


Futbol bo‘yicha Iroq milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Radhi Shenaishil iste’foga chiqdi, deb xabar berdi “Championat.asia” nashri.

Nashrning socceriraq.net’ga asoslanib ma’lum qilishicha, Iroq futbol assotsiatsiyasi hamda mamlakat Olimpiya qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida shunday qarorga kelingan. Boisi Shenaishil Iroq termasiga JCh—2018 chiptasini taqdim eta olmadi.

Iroqliklar saralash bosqichi yakuniga 3 ta tur qolganida olti jamoa orasida beshinchi bo‘lib turibdi. Bu esa yetakchilar hisoblangan Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya kabi termalarga yetib olish imkonini bermaydi.

Shenaishildan bo‘shab qolgan o‘ringa braziliyalik Markos Paketa nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. U katta ehtimol bilan Iroq termasini 2019-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi sari tayyorlaydi.

Ma’lumot uchun, JCh—2018 saralashidagi ishtirokini davom ettirayotgan 12 mamlakatning uchdan biri murabbiyni iste’foga chiqarib ulgurdi. O‘zbekiston termasiga qarshi mag‘lubiyat sabab Qatar va Xitoyda murabbiy o‘zgargan bo‘lsa, keyinroq BAA FA Mahdi Aliga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 23) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют