» » O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: “25 yillik katta muz eritildi”

O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: “25 yillik katta muz eritildi”


TIV tomonidan jurnalist va blogerlar uchun 14-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov OAV vakillarining sohaga oid barcha savollariga javob qaytardi.

“Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, ochiq muloqotda TIV rasmiysi O‘zbekistonning bugungi siyosatini Germaniyaning urushdan keyingi siyosiy islohotlariga qiyosladi.

“Bironta bir davlat chet el sarmoyalarisiz rivojlanmagan, rivojlanmaydi ham. Germaniyani misol keltiraman. Ikkinchi jahon urushidan keyin mutlaqo vayronaga aylandi. Men o‘z diplomatik karyeramni ana shu mamlakatdan boshlaganman. Ya’ni 1993-yilda ishlab yurganimda ko‘rganman, ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya barcha eshiklarini ochib qo‘ydi va hamma borib u yerda ishladi. Natijada hozirgidek rivojlanishga kelgan. O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan xuddi ana shu ochiqlik siyosatini olib bormoqda”, — dedi Ne’matov.

Tadbir mobaynida vazir o‘rinbosari Shavkat Mirziyoyev islohotlari natijasida siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyadan to‘liq xalos bo‘lganini ta’kidladi.

“Biz ochiq siyosat tufayli so‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyadan to‘liq ozod bo‘ldik. Prezidentimiz Toshkent viloyati hokimligidagi majlislarning birida ‘Biz hali Markaziy Osiyo davlatlari bilan 25 yil davomida o‘rtamizda paydo bo‘lgan katta muzni eritish uchun juda ko‘p ish qilishimiz kerak’, deb aytgan edilar. Haqiqatan ham bu amalda bo‘ldi — muz eritildi. Bugungi kunda tashqi siyosatimizda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarda katta burilish bo‘ldi. Qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarimiz yuqori pog‘onaga chiqdi. Ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalarimiz turli sohalarda bir maromda rivojlanib boryapti”, — dedi Ilhom Ne’matov.

Avvalroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rishton—So‘x yo‘lining ochilgani va ikki kunda yopib qo‘yilganiga izoh bergan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют