» » Aleksandr Lobanovning goli “Paxtakor”ni O‘zbekiston kubogida keyingi bosqichga olib chiqdi

Aleksandr Lobanovning goli “Paxtakor”ni O‘zbekiston kubogida keyingi bosqichga olib chiqdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Toshkentning “Paxtakor” klubi navbatdagi bosqich chiptasiga ega chiqdi.

Mamlakat Birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Nurafshon” klubiga qarshi “Paxtakor” avvalroq o‘ynashi lozim edi. Biroq toshkentliklar safidan uchdan ortiq futbolchi milliy terma jamoaga chaqirilgani uchun, ular o‘yinni boshqa kunga qoldirishni so‘rab murojaat qilgandi.

O‘zbekiston milliy termasining asosini tashkil qiluvchi klub quyi liga jamoasi darvozasiga asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda gol ura olmadi. Shu tariqa o‘yin penaltilar seriyasiga qadar cho‘zildi.

Lotereyada omad “paxtakorchilar” tomonida bo‘ldi. Darvozabon Aleksandr Lobanov zarbalardan birini qaytarib yubordi. Keyinroq esa o‘zi hal qiluvchi golni urib, jamoasini nimchorak finalga olib chiqdi.

O‘zbekiston kubogi
1/16 final
10-aprel, dushanba

Опубликовано: admin (11-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют