» » Koronavirus butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi

Koronavirus butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi


Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus tufayli mamlakat hududidagi zavodlar va do‘konlar epidemiya oqibatida yopib qo‘yilgan, bu butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Dun & Bradstreet tadqiqot kompaniyasining tahlilchilari koronavirusning dunyo biznesiga ta’siri haqidagi tadqiqotda shunday xulosaga kelgan, deb yozmoqda “Kommersant”.

Dun & Bradstreet tahlilchilari koronavirusning dunyo biznesi va iqtisodiyotiga ta’siri haqida real xulosalar chiqarish hozircha mushkul ekanini qayd etgan.

Mavzuga doir: Bitkoin qiymati uch oydan beri ilk bor 10 ming dollardan oshdi

Dun & Bradstreet vakillarining hisob-kitobiga ko‘ra, Xitoyning Xubey provinsiyasidagi korxonalar, mamlakat biznesining 90 foiz faol qisimini tashkil qiladi (tahlilchilar provinsiyada kasallikka chalinganlar soni 5-fevralda 100 kishi bo‘lgan vaqtda tadqiqotni yakunlagan). Virus oqibatlaridan ulgurji savdo, ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish sektori, riteyl va moliyaviy xizmatlar zarar ko‘radi — virus tarqalgan provinsiyalarning 80 foizida ushbu yo‘nalishlarda ishlovchi kompaniyalar faoliyat ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: 

Ularda 49 mingta xorijiy kompaniyalarning sho‘ba korxonalari yoki filiallari faoliyat olib boradi, ayniqsa Gonkong (49 foiz) va AQSh (19 foiz) kompaniyalari koronavirus tufayli jiddiy zarar ko‘rgan. Keyingi o‘rinlarda Yaponiya (12 foiz) va Germaniya (5 foiz) kompaniyalari bormoqda. Dun & Bradstreet tahlilchilari ma’lumotiga ko‘ra, kamida 51 mingta xorijiy kompaniya, jumladan Fortune 1000 ro‘yxatiga kiruvchi 163 ta kompaniya, koronavirus tarqalgan provinsiyalarda bitta yoki undan ko‘proq to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi, birlamchi tarkibiy qismga ega. Ikkinchi darajali filial va sho‘ba korxonalari hisoblab chiqilsa, koronavirusda zarar ko‘ruvchi kompaniyalar soni 5 milliondan oshib ketadi va ular orasidan Fortune 1000’ga kiruvchi 938 ta kompaniya ham o‘rin oladi.

Mavzuga doir: 

Toyota Motor kompaniyasi 17-fevral, dushanba kunidan Xitoydagi koronavirus tarqalgani sababli to‘xtatilgan zavodlari ishini tiklagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют