» » Qozog‘iston maxsus xizmatlari Olmaotada terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 2 kishini qo‘lga oldi

Qozog‘iston maxsus xizmatlari Olmaotada terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 2 kishini qo‘lga oldi


Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari teraktning oldini oldi va aholi gavjum joylarda portlashlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan ikki kishini ushladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14-fevral, juma kuni, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Olmaotada o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida diniy oqimning ikki tarafdorini qo‘lga olgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida qo‘lga olinganlarning yashash joyidan sovuq qurol, portlovchi moslama, uni tayyorlash uchun zarur qismlar, portlatilishi rejalashtirilgan obyektlarning fotosuratlari hamda videotasvirlari bo‘lgan smartfonlar musodara qilingan.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan terrorizmni targ‘ib qilish va terrorchilik aktiga tayyorgarlik holatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkentda 2019-yilning oktabr oyida hamda 2020-yilning boshida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining ikkita guruhi qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют