» » Fittipaldi superkari 1,5 million dollarga baholandi

Fittipaldi superkari 1,5 million dollarga baholandi


Ikki karra Formula-1 hamda Amerikaning nufuzli “Indi 500” poygasi g‘olibi Emerson Fittipaldi tomonidan asos solingan Fittipaldi Motors kompaniyasi har biri 1,5 million dollar turadigan 39 dona superkar ishlab chiqaradi. Bu haqida Automotive News nashriga tayanib, “Motor” xabar qildi.

Fittipaldi Motors superkari birinchi bor shu yilning mart oyida Jeneva avtasalonida namoyish qilingan edi. Avtomobil dizayni Pininfarina firmasi tomonidan ishlangan, muhandislik bilan esa nemis DTM avtomobil chempionatidagi Mercedes-Benz kompaniyasining hamkori HWA firmasi shug‘ullangan.

Faqat poyga uchun mo‘ljallangan karbonli kupe atmosfera hajmi 4,8 litr bo‘lgan sakkiz silindrli, 600 ot kuchiga ega va oltipog‘onali sekvental transmissiya bilan jihozlangan. Avtomobil og‘irligi 1000 kilogramm. Dinamik xususiyatlariga aniqlik kiritilmagan.

Avtomobil HWA’ning Shtutgartdagi korxonasida yig‘iladi. Har bir mashinaning rangi alohida — takrorlanmas bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют