» » APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Hem”dan ustun keldi (video)

APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Hem”dan ustun keldi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 26-tur qoldirilgan uchrashuvida “Manchester Siti” va “Vest Hem” jamoalari 19-fevral, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Rodri Ernandes Kevin de Bryuynening uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada de Bryuyne jamoasining ikkinchi golini urdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Pep Gvardiola shogirdlarining ochkolari 54 taga yetdi va jamoa peshqadam “Liverpul”dan 22 ochkoga ortda qolmoqda.

APL

26-tur bahsi

19-fevral, chorshanba

Gollar: 1:0 – 30 Rodri Ernandes, 2:0 – 62 de Bryuyne.

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Uoker, Mendi, Laport (Stounz, 65), Rodri Ernandes, de Bryuyne (Gundo‘g‘an, 79), Silva (Foden, 85), Bernardu Silva, Gabriel Jezus, Aguero.

“Vest Hem”: Fabianski, Frederiks (Sabaleta, 60), Kressuell, Masuaku, Ogbonna, Rays, Nobl, Antonio, Souchek, Snodgrass (Bouen, 80), Diop.

Ogohlantirish: Masuaku (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют