» » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etdi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 23-yanvardan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etdi


Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida 394 kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu 23-yanvardan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi.

Pekinning aniqlik kiritishicha, kasallar sonining sezilarli darajada kamayishi statistik ma’lumotlarning tahrirlanayotgani bilan bog‘liq (bir kun oldin kasallar soni 1693 kishini tashkil etgandi). Masalan, avvaliga Uxan shahrining o‘zida bir kunda 600 dan ortiq odam virusni yuqtirib olgani taxmin qilingan. Biroq qayta tekshiruv natijalari 279 holatda koronavirus tasdiqlanmagan.

Shu bilan birga koronavirus oqibatida vafot etayotganlar soni ham qisqargan. 18-fevral kuni 132 kishi vafot etgan bo‘lsa, 19-fevral kuni ushbu ko‘rsatkich 114 ni tashkil etdi (ularning 108 nafari Xubeyda, Xebee, Shanxay, Dutzyan, Shandun, Shansi va Yunnanda bittadan).

Mavzuga doir: 

1779 kishi sog‘lom deb topilgan va ularga kasalxonadan javob berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Sog‘liqni saqlash mintaqaviy komissiyasi Xubey provinsiyasida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 2004 kishiga yetgani haqida xabar berdi. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida 2009 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют