» » Toshkent viloyati hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi


Bahodirbek Mullaxanov Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bahodirbek Mullaxanov bu lavozimda 2017-yildan buyon ishlab kelgan va 19-fevral kuni Toshkent tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgan Odilxon Rustamov o‘rnini egalladi.

Bahodirbek Mullaxonov 2015-yildan buyon “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Shuhrat Hakimov esa Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuhrat Hakimov mazkur lavozimga o‘tgunga qadar Vazirlar Mahkamasida departament mudiri vazifasida ishlagan.

Shuningdek, polkovnik Ilhomboy Xudoybergenov viloyat hokimining o‘rinbosari — Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlarida hokim o‘zgargani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют