» » Yangiyo‘lda yo‘lovchi tashuvchi Istana mikroavtobusi yonib ketdi

Yangiyo‘lda yo‘lovchi tashuvchi Istana mikroavtobusi yonib ketdi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yo‘lovchi tashuvchi Istana mikroavtobusi dvigatelidagi nosozlik sabab yonib ketdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Yong‘in 19-fevral kuni soat 03:00 larda Yangiyo‘l shahar Samarqand ko‘chasida joylashgan avtoshohbekatda yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, haydovchi F.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan Istana rusumli mikroavtobusda yo‘lovchilarsiz o‘z navbatini kutib turgan vaqtida, transport vositasining dvigatel qismidan yong‘in chiqqan. Haydovchi transport vositasidan tushib, FVV YoXBga xabar bergan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan. Biroq, transport vositasining barcha qismlari yonishga ulgurgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Avvalroq Surxondaryoda dvigatelidagi qisqa tutashuv tufayli Lacetti avtomobili yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют