» » “Deputat sifatida bunday fikr bildirishi noto‘g‘ri” Aktam Haitov Alisher Qodirov ishini xato dedi

“Deputat sifatida bunday fikr bildirishi noto‘g‘ri” Aktam Haitov Alisher Qodirov ishini xato dedi


O‘zLiDeP rahbari Aktam Haitov “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning Surxondaryo voqealariga nisbatan bildirgan fikrlarini xato dedi.

“Fuqaro sifatida har kimning o‘z shaxsiy fikri bor. Alisher Qodirov ham fuqaro sifatida o‘z fikrini aytgan bo‘lishi mumkin. Deputat sifatida esa bunday fikr bildirishi noto‘g‘ri”, — degan Aktam Haitov.

Avvalroq deputat Alisher Qodirov Oltinsoydagi “bebosh fuqarolarni keskin jazolash”ni talab qilgani haqda xabar berilgandi. Shuningdek deputat Alisher Qodirov “meni saylamagansiz” degan kommentini o‘chirib tashlagandi.

Mavzuga doir: “Alisher Qodirovdan boshqa hammaga xayrli tong”. “Milliy tiklanish” liderining Surxondaryo voqealari haqidagi bayonoti ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida

O‘zLiDeP axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lumot berishicha, deputat Aktam Haitov ayni kunda Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilari muammosini tinglash uchun kelgan.

— Aktam Haitov boshchiligidagi ishchi guruh Dehqonobod tumani bo‘lib, tuman hokimi qabuliga kelgan fuqarolarning muammolarini o‘rgandi, — deyiladi partiya axborot xizmati xabarida. — Deputat Dehqonobodda aholini qiynayotgan muammolar — bandlik, yer kadastri, gaz, ichimlik suvi, yo‘l va boshqa masalalarni o‘rgandi. Fuqaro Ibodat Ne’matova partiya ko‘magi bilan o‘z ustaxonasi uchun jihozlar olishga bankdan kredit oldi. Shuningdek, “Mohmirza” fermer xo‘jaligi rahbari Bozorgul Karimova chorva mollari boqish uchun yaylovlar qisqarib borayotgani, tibbiyot kollejini bitirgan Mehriniso Namozova esa ish topishda qiynalayotganini aytgan. Mazkur murojaatlar ijrosini ta’minlash mas’ullarga biriktirildi. Va natija haqida tez orada hisobot berish topshirildi.

Partiya matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Aktam Haitov deputat sifatida ish boshlagandan beri Dehqonobodga beshinchi marotaba bordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aktam Haitov saylovdan ancha vaqt o‘tib, dehqonobodliklar bilan birinchi marotaba uchrashayotgani haqida xabar bergandik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют