» » Diamond Princess kemasini tark etgan 11 amerikalikda koronavirus aniqlandi

Diamond Princess kemasini tark etgan 11 amerikalikda koronavirus aniqlandi


Diamond Princess kruiz kemasidagi sayohatidan so‘ng karantindan o‘tish uchun olib kelingan 13 nafar AQSH fuqarosining 11 nafarida yangi turdagi COVID-2019 koronavirusi aniqlandi. Bu haqda sayohatchilarning bir qismi uchun karantin tashkil etgan Nebraska universitetining tibbiyot markazi bayonotiga asoslanib, CNN xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, bemorlarning ba’zilarida kasallikning sezilar-sezilmas belgilari bor, boshqalarida esa kasallik belgilari yo‘q. Yana ikki kishi Nebraska shtatining Omaha shahridagi shifoxonalarning birida karantinga olingan, ularda koronavirus aniqlanmagan.

Diamond Princess kruiz kemasi Yaponiyaning Yokogama portida 4-fevraldan beri karantinda turibdi. Kemada virus tarqalayotgani 1-fevral kuni Gonkongda tushib qolgan 80 yoshlik yo‘lovchida yangi turdagi virus aniqlanganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan edi. Kemada jami 3,7 ming kishi bo‘lgan, ularning 600 nafariga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

19-fevral kuni kemadagi sayyohlarning dastlabki guruhiga kemadan sohilga tushishga ruxsat berildi. Shu kuni kemani tark etgan 500 nafar yo‘lovchining 300 dan ortig‘i AQSh fuqarolari edi. Laynerning barcha sog‘lom yo‘lovchilarini 21-fevralga qadar evakuatsiya qilish rejalashtirilgan edi.

Sohilga tushgan yo‘lovchilar orasida virusni tashuvchilar borligi haqida avvalroq Avstraliya hukumati ma’lum qilgan edi. Tahlillar ushbu mamlakatning kemada bo‘lib, so‘ng vatanga qaytgan ikki fuqarosida koronavirus borligini ko‘rsatgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют