» » La Liga. Messining pokeri “Barselona”ga g‘alaba olib keldi (video)

La Liga. Messining pokeri “Barselona”ga g‘alaba olib keldi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 25-turida “Barselona” 22-fevral, shanba kuni “Eybar”ni qabul qildi.

“Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda kataloniyaliklar raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq Lionel Messi het-trikni rasmiylashtirdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida “Barselona” debyutanti Martin Breytueyt tomonidan uzatib berilgan to‘pni Messi darvozaga joylab o‘zining va jamoasining to‘rtinchi golini urdi. 89-daqiqada Artur hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa Kike Setyen shogirdlari 55 ochko to‘plagan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Eybar” (24) esa 17-pog‘onada qoldi.

La Liga

25-tur bahsi

22-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 14 Messi, 2:0 — 37 Messi, 3:0 — 40 Messi, 4:0 — 87 Messi, 5:0 — 89 Artur.

“Barselona”: ter Shtegen, Pike (Umtiti, 68), Firpo, Semedu, Langle, Artur, Rakitich, Buskets (de Yong, 59), Vidal, Messi, Grizmann (Breytueyt, 72).

“Eybar”: Dmitrovich, Arbilya, Texero, Burgos, Xose Anxel, Eskalante, Diop, Inui (De Blasis, 66), Orelyana, Eksposito (Kristoforo, 83), Enrik (Kike Gonsales, 66).

Ogohlantirishlar: Eskalante (64), Diop (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют