» » O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi keskin kamaydi. Qazib olinayotgan gaz miqdori ham kamaygan

O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi keskin kamaydi. Qazib olinayotgan gaz miqdori ham kamaygan


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar oyida avtobenzin ishlab chiqarish hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, 2019-yilning yanvarida 71,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ko‘rsatkich 93,6 ming tonnaga yetgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatilgan — 2019-yil yanvarida 81,7 ming tonna, 2020-yilda esa 100,0 ming tonna.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi keskin qisqargan — 2019-yil yanvarida 60 ming tonnadan ortiq neft qazib olingan bo‘lsa, 2020-yil yanvarida ko‘rsatkich 19,2 ming tonnani tashkil etgan.

Tabiiy gaz qazib olish haji ham kamaygan — 2019-yil yanvarida 5,28 milliard kub metr gaz qazib olingan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib oylik ko‘rsatkich 4,75 milliard kub metrga tushib qolgan.

Shunga qaramay, 2020-yil yanvarida gaz kondensati qazib olish hajmi o‘tgan yilga nisbatan biroz o‘sgan — bir yil avval yanvarda 141,4 ming tonna qazib olingan bo‘lsa, bu yil 143,1 ming tonna qazib olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют