» » O‘zbekiston 2019-yilda benzin ishlab chiqarishni qisqartirgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 2019-yilda benzin ishlab chiqarishni qisqartirgani ma’lum bo‘ldi


2019-yilning yanvar—dekabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2018-yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2018-yilning shu davrida 1 147,0 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda ushbu ko‘rsatkich 1 025,1 ming tonnani tashkil etgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018-yilda 1 080,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda — 1 030,5 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019-yil yanvar—dekabr oylarida neft qazib olishni 2018-yilning shu davriga nisbatan (745,7 ming tonna) qisqartirdi — 698,6 ming tonnagacha.

2019-yil yanvar—dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 59,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan kam (60,3 milliard kub metr).

Shuningdek, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan kam (2,14 million tonna).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют