» » Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi


Italiya shimolidagi Lombardiya viloyatida yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga chalinish bo‘yicha 89 ta holat kuzatilgan. Bu haqda viloyat gubernatori Attilio Fontana SkyTg24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Mamlakatda ushbu kasallikka uchragan bemorlar soni yuz nafardan oshgani taxmin qilinmoqda.

Corriere della Sera nashri hisob-kitobiga ko‘ra, koronavirus Italiyaning jami beshta viloyatida qayd etilgan. Kasallanish holati mamlakatning beshta viloyatida kuzatilgan. Venetoda 17 nafar, Emiliya-Romanye va Latsioda ikki nafar, Pyemontda bir nafar odam koronavirusga yo‘liqqan. Shu tariqa butun mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 111 nafarga yetgan. Ikki nafar odam Veneto va Lombardiyada kasallik tufayli vafot etgan.

Fontananing so‘zlariga ko‘ra, Lombardiyada karantinga taxmin qilingandan ancha ko‘p odam kiritiladi. Ushbu maqsadlarda Milandagi harbiy gospital hamda ishlamaydigan shifoxona va mehmonxonalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Italiya hukumati infeksiya mamlakatda tarqalgani tufayli favqulodda choralar ko‘rmoqda. Bosh vazir Juzeppe Konte koronavirus kuzatilgan viloyatdan boshqa viloyatga kirish va chiqishga taqiq qo‘yilgani, virus tarqalgan yerlarda maktablar hamda OTMlarda darslar bekor qilinganini ushbu choralar qatoriga kiritgan. Xususan, Milandagi maktablar kamida bir haftaga yopilgan, degan shahar hokimi Juzeppe Sala.

Mavzuga doir: 

Corriere della Sera nashrining yozishicha, cheklovlar jami 11 ta munitsipalitetga taalluqli bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hududlarda jamoat transportining to‘xtashini taqiqlashni nazarda tututchi buyruq chiqargan. Fuqarolarda birinchi navbatdagi kerakli jihozlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida sterillangan tibbiyot buyumlari yo‘lagi tashkil qilinmoqda, ularga dorixona hamda do‘konlardan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Politsiya qo‘riqlaydigan yo‘nalishlarda himoya niqobi va qo‘lqop kiygan yetkazib beruvchilar ushbu yo‘laklarga kerakli mahsulotni keltiradi.

Taqiqlarga rioya qilmaganlarga uch oygacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 206 yevro miqdoridagi jarima jazosi tayinlanishi mumkin. Veneto va Lombardiyada 23-fevralga rejalashtirilgan katta tadbirlar, jumladan, Italiya A Seriyasining “Inter”—“Sampdoriya”, “Atalanta”—“Sassuolo” hamda “Verona”—“Kalyari” uchrashuvlari boshqa muddatga qoldirilgan.

Italiyada koronavirusning tarqalishi modelyer Jorjo Armanining (Armani kompaniyasi asoschisi) Milanda o‘tadigan moda haftaligi yopiq eshiklar ortida tomoshabinlarsiz o‘tadigan bo‘ldi. Vogue moda uyi axborot xizmati namoyishlarning “Armani.com” va brendning Facebook hamda Instagram’dagi sahifalarida translyatsiya qilinishini ma’lum qilgan. 23-fevral, yakshanba kuniga 8 ta moda uyining namoyishi, jumladan, Dolce & Gabbana taqdimoti ham o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo ularning o‘tish yoki o‘tmasligi tasdiqlanmagan. AP nashri Italiyadagi moda uylarining aksar qismi COVID-19 yangi pnevmoniyasi ushbu biznesga jiddiy zarar keltirishi mumkinligidan xavotirda, sababi Yevropa Ittifoqiga keluvchi xitoylik sayyohlar moda brendlari savdosining chorak qismini xarid qiladi. Italiya moda palatasi (CNMI) 2020-yil birinchi yarim yilligidagi daromad foizga pastlashini taxmin qilgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 30 kishidan oshib ketdi

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют