» » “Nuriston” poligonida shartli dushmanni yakson etish bo‘yicha harbiylar mahorati sinovdan o‘tkazildi (foto)

“Nuriston” poligonida shartli dushmanni yakson etish bo‘yicha harbiylar mahorati sinovdan o‘tkazildi (foto)


Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli “Nuriston” poligonida Nuriston garnizonidagi harbiy xizmatchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Rejaga muvofiq, jangovar guruh tezkor harakatlanib, belgilangan nuqtaga yetib kelishi bilan birinchi sinovni qarshi oldi. Shartli dushman o‘rnashib olgan hududga eltuvchi yo‘lda ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilgani bois shaxsiy tarkib snayperlar guruhining kuzatuvi va himoyasi ostida zudlik bilan shaxsiy himoya vositalarini kiydi. Bu zaharlangan hududdan shartli dushman o‘rnashib olgan nuqtaga qadar yetib borish va uni tor-mor keltirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar jangovar ikkilik taktik guruhlariga bo‘lingan holda harakatni davom ettirdi. Ularni shartli dushman bilan yuzma-yuz bo‘lishi oldidan ikkinchi sinov to‘sig‘i – chaqqonlik va epchillikni talab etadigan simli yo‘lak kutib turardi. Taktik guruhlar o‘zaro ichki navbatchi kuzatuvi asosida bu to‘siqdan ham muvaffaqiyatli o‘tib oldi. Harbiy xizmatchilar shu tariqa taktik tayyorgarlikning bir nechta me’yorlarini ham a’lo darajada bajardi. Shartli dushman yakson etildi.

Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy tarkib “Merganlar marrasi” yo‘lagi bo‘ylab harakat qildi. Ular o‘q otish nuqtasiga yetib kelguncha ushbu yo‘lakning bir-biridan murakkab, turli-tuman to‘siqlarini yengib o‘tdi.

Shu tariqa amaliy mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilarning jangovar mahorati, sabr-toqati va chidamliligi yana bir bor sinovdan o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют