» » Monakoda koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi

Monakoda koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi


Monakoda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Bu haqda mamlakat hukumati o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, malika Greys shifoxonasiga olib kelingan bemorning tahlil natijalari unda koronavirus borligini ko‘rsatgan. Bemor izolyatsiya qilinib, Nitssa shahridagi yuqumli kasalliklar bo‘linmasiga joylashtirilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, virusni yuqtirib olgan fuqaroning ahvoli xavotirli emas.

Belarus, Litva va Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallangan ilk bemorlar aniqlangandi.

Avvalroq JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirgandi. Davlat turizm qo‘mitasi esa O‘zbekistonni koronavirusdan xoli mamlakat sifatida targ‘ib qilmoqchi. 1-martdan boshlab Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Eron fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusni yuqtirib olganlar soni 78 824 kishini tashkil qilib, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2858 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют