» » Putin Rossiyada koronavirusga qarshi kurash davlat nazorati ostida ekanini ma’lum qildi

Putin Rossiyada koronavirusga qarshi kurash davlat nazorati ostida ekanini ma’lum qildi


Rossiyada koronavirusga qarshi kurashish uchun barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, vaziyat nazorat ostiga olingan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin “Vnukovo” aeroportining hukumat terminalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilgan, deyiladi “TASS” xabarida.

“Zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ular o‘z samarasini berishiga umid qilaman”, — degan Rossiya prezidenti.

Mavzuga doir: 

Avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus Rossiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlariga yuqori baho bergan va mamlakat hamda yana bir nechta boshqa davlatlar kasallikning qayd etilishi yuzasidan xabar bermaganligini ta’kidlagandi. JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlatlar amalga oshirgan tezkor tadbirlar virusning tarqalishiga to‘sqinlik qila olgan.

JSST ma’lumoti bo‘yicha, butun dunyoda 86,9 ming nafar odam koronavirus yuqtirib olgan. Ushbu holatlar jami 59 mamlakatda kuzatilgan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusdan davolangan bemorlar soni 41 ming kishidan oshdi, vafot etganlar esa 2,9 ming kishiga yaqinlashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют