» » Navoiyda profilaktika inspektorlari ko‘p qavatli uy derazasidan osilib qolgan yosh bolani qutqarib qoldi

Navoiyda profilaktika inspektorlari ko‘p qavatli uy derazasidan osilib qolgan yosh bolani qutqarib qoldi


Tungi navbatchilik chog‘ida Navoiy shahri ko‘chalarini aylanib yurgan profilaktika inspektorlari yordam so‘rab baqirayotgan yosh bolaning ovozini eshitib qolgan.

Navoiy viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha profilaktika inspektori leytenant Abbos Ro‘ziqulov va profilaktika katta inspektori katta leytenant Adham Pirnazarov darhol ovoz kelayotgan tomonga qarab yuguradi.

“Inspektorlar Jasorat ko‘chasida joylashgan 23-uyga yetib borganda 4-5 yoshli bola uyning 4-qavati balkonidan osilib turgan bo‘lgan. Shundan so‘ng ular uyning 4-qavatiga ko‘tariladi va 2014-yilda tug‘ilgan R.K.ni qutqarib qoladi.

Arzimagandek ko‘ringan mazkur holat aslida mudhish yakun topishi ham mumkin edi, ammo tashkil etilgan tungi navbatchilik hamda profilaktika inspektorining jonbozligi tufayli jajji bir insonning hayoti saqlab qolindi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют