» » Angliya Kubogi. “Man Siti” va “Lester” chorak finalga yo‘l oldi, “Tottenhem” esa musobaqa bilan xayrlashdi

Angliya Kubogi. “Man Siti” va “Lester” chorak finalga yo‘l oldi, “Tottenhem” esa musobaqa bilan xayrlashdi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 1/8 final bahslari doirasida 4-mart, chorshanba kuni bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

“Tottenhem” — “Norvich” bahsida asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda kuchlar teng kelgach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Futbol lotoreyasida esa omad “Norvich” jamoasiga kulib boqdi — 2:3.

“Manchester Siti” klubi “Sheffild Uensdey” bilan kechgan bahsda Serxio Agueroning goli evaziga zafar quchdi. “Lester” — “Birmingem” qarama-qarshiligida “tulkilar” kichik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Shu tariqa “Manchester Siti” va “Lester” Angliya Kubogi chorak finaliga yo‘l oldi. “Tottenhem” esa musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. Avvalroq “Chelsi” hamda “Arsenal” jamoalari ham musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Ushbu bosqichdan o‘rin olgan “Derbi Kaunti” — “Manchester Yunayted” uchrashuvi 5-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

1/8 final bahslari

4-mart, chorshanba

Gollar: 1:0 – 13, Vertongen, 1:1 – 78 Drmich.

“Tottenhem”: Vorm, Vertongen, Orye, Sanches, Alli (Perrott, 96), Skipp, Lukas Moura (Lamela, 70), Lo Chelso, Bergveyn (Jedson Fernandesh, 54), Uinks (Ndombele, 81), Dayer.

“Norvich”: Krul, Lyuis, Aarons, Godfri, Xenli, Rupp (Ida, 72), Kentuell, Vranchich (Maklin, 67), Buendia (Shtipermann, 97), Tribull (Tetti, 89), Drmich.

Ogohlantirishlar: Vranchich (12), Skipp (71), Xenli (73).

Gol: 0:1 – 53, Aguero.

“Sheffild Uensdey”: Uayldsmit, Foks, Iorfa, Berner (Lis, 46), Palmer, Bennan, Merfi, da Krus, Li (Xant, 63), Forestyeri (Fletcher, 56), Pelupessi.

“Manchester Siti”: Bravo, Mendi, Stounz, Otamendi, Joau Kanselu, Silva, Bernardu Silva, Rodri Ernandes, Mahrez, Aguero (Sterling, 86), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Palmer (36), Mahrez (88).

Gol: 1:0 – 82 Rikardu Pereyra.

“Lester”: Shmeyxel, Chiluell, Evans, Rikardu Pereyra, Suyunchu, Grey (Barns, 66), Meddison (Chouduri, 84), Prat, Ndidi (Tilemans, 60), Olbrayton, Ixeanacho.

“Birmingem”: Kemp, Pedersen, Din, Klark-Solter, Xarding (Gardner, 71), Kiftenbeld (Montero, 84), Shunich, Kolen, Yutkevich, Xogan, Mrabti (Krouli, 84).

Ogohlantirishlar: Suyunchu (56), Yutkevich (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 04:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют