» » Angliya kubogi. “Chelsi” qo‘shimcha vaqtda urilgan gol sabab, “Lester”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Angliya kubogi. “Chelsi” qo‘shimcha vaqtda urilgan gol sabab, “Lester”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi


Angliya kubogi chorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yinida “Sautgempton” “Manchester Siti”ni kubokdan chiqarib yuborib shov-shuv ko‘targan “Uigan”ni Angliya kubogi yarim finaliga chiqishiga yo‘l bermadi. O‘yin “Sautgempton” foydasiga hal bo‘ldi. Hisob 0:2.

So‘nggi chorak final o‘yini “Lester” hamda “Chelsi” o‘rtasida kechdi. Asosiy vaqtda kuchlar teng kelgach, navbat qo‘shimcha bo‘limlarga keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda omad Antonio Konte shogirdlariga kulib boqdi. Pedro Rodrigesning 105-daqiqada kiritgan goli “Chelsi”ni yarim finalga olib chiqdi.

Angliya kubogi

1/4 final bellashuvlari

18-mart, yakshanba

“Uigan” — “Sautgempton” 0:2

Gollar: 0:1 – 62 Per-Emil Xyoyberg, 0:2 – 90 Sedrik Soaresh.

“Lester” — “Chelsi” 1:2

Gollar: 0:1 – 42 Alvaro Morata, 1:1 – 76 Jeymi Vardi, 1:2 – 105 Pedro Rodriges.

Shu tariqa yarim final juftliklari aniq bo‘ldi:

“Manchester Yunayted”— “Tottenhem”

“Chelsi” — “Sautgempton”

Yarim final o‘yinlari 21—22-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют