» » Ispaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 200 nafarga yetdi

Ispaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 200 nafarga yetdi


Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat hududida koronavirusga chalingan bemorlar soni 200 nafarga yetganini xabar qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Avval ularning 179 nafar ekani ma’lum bo‘lgandi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniyada COVID-19 infeksiyasi kuzatilgan bemorlar orasida uch nafar bola bor, ularning ikki nafari (yoshi borasida aniq ma’lumot berilmagan) Kastiliya-La-Manchadan, 4 yoshli qizcha esa Madridda yashaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi garchi COVID-19 yosh bolalarda kuzatilganiga qaramay, koronavirusdan himoyalanishning ehtiyot chorasi sifatida maktablar yopilmasligini e’lon qilgan.

4-mart kuni Ispaniya hududida koronavirusga chalingan birinchi bemor Valensiyadagi Arnau Vilanovaning vafot etgani ma’lum qilingan, u 13-fevralda og‘ir pnevmoniyadan o‘lgan va ushbu infeksiyaning koronavirus ekani tekshiruvlardan keyin oydinlashdi. Vazirlik bemorning koronavirusdan o‘lganini takroriy tahlil natijalaridan keyin aniqlagan.

Ispaniyada 24-fevraldan buyon koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payib bormoqda. Fevral oxiriga qadar mamlakat hududida ikkita holat qayd etilgan: Kanar va Balear orollarida xorijliklarda koronavirus kuzatilgandi. Ikkala bemor ham tuzalib, shifoxonadan chiqarilgan.

Mavzuga doir: 

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum turdagi respirator virus tarqalgani haqida ogohlantirgan. Mutaxassislar ushbu infeksiyaning koronavirus ta’sirida vujudga kelayotganini aniqlagan. JSST epidemiya sabab koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb topgan va virusga COVID-19 rasmiy nomini bergan.

Xitoyning materikli qismida koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 ming nafardan oshgan, 2946 nafar odam vafot etgan. XXRdan tashqaridagi kasallanishlar JSSTning 4-mart ma’lumotiga ko‘ra, 72 ta davlatda kuzatilgan: 10 mingdan ortiq kishi kasallangan va 160 nafar odam pnevmoniya oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют