» » Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi

Namangan shahrida markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi


Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining o‘n oltinchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom  Abdug‘aniyevich  Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2744- sonli qarori ijrosini ta’minlash masalasi muhokama etildi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar berdi.

“Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom  Abdug‘aniyevich  Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorini namanganliklar ham katta mamnuniyat bilan kutib oldi. Ayniqsa, ushbu qarorda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berish  haqidagi taklifni katta-yu kichik — barcha yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi. Viloyat va shahar hokimligi rahbarligida ushbu taklif atroflicha o‘rganib chiqildi. Jamoatchilik vakillari, turli kasb egalari Namangan shahrining Do‘stlik shoh ko‘chasini Islom Karimov nomi bilan atash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Sessiyada Namangan shahrining Do‘stlik shoh ko‘chasiga Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ayni kunlarda ko‘chaning nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют