» » AQSh odam savdosiga qarshi kurashishda O‘zbekistonga yordam beradi

AQSh odam savdosiga qarshi kurashishda O‘zbekistonga yordam beradi


O‘zbekiston IIVda 6-mart kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi AQSh davlat departamenti Giyohvand moddalarga qarshi kurashish va huquqni tatbiq etish xalqaro masalalari bo‘yicha byurosi direktori Rassel Singer bilan odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida uchrashuv o‘tkazdi.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda Rassel Singerga odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlarni fosh etish, ularni oldini olish, bunday jinoyat jabrdiydalarini himoya qilish va yordam berish yuzasidan batafsil ma’lumot berildi,

Shuningdek, AQSh elchixonasi vakilini qiziqtirgan boshqa savollariga javob berilgan.

Uchrashuv yakunida AQSh davlat departamenti Giyohvand moddalarga qarshi kurashish va huquqni tatbiq etish xalqaro masalalari bo‘yicha byurosi bilan IIV o‘rtasida jinoyatchilikka, jumladan, odam savdosiga qarshi kurash sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vaziri AQSh elchisi bilan uchrashgani, uchrashuv chog‘ida taraflar o‘zaro hamkorlikka doir masalalarni muhokama etib, O‘zbekiston ekspertlarining AQShga tanishuv tashrifini tashkil etish borasida kelishib olgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют