» » O‘zbekistonda don yetishtirish rejasini davlat tomonidan belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi

O‘zbekistonda don yetishtirish rejasini davlat tomonidan belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi


Prezident “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, birinchidan, 2020-yil hosili uchun barcha g‘alla yetishtiruvchilar uchun davlat byurtmasi o‘rtacha 25 foizgacha kamaytirilgan holda 2 million 265 ming tonna qilib belgilash taklif qilinmoqda. 2020-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan don yetishtirish rejasini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi.

Ikkinchidan, 2021-yil hosilidan boshlab:

Uchinchidan, g‘alla yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi.

2020-yil 1-iyundan boshlab:

a) fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarining g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha g‘alla umumiy qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10 foiz, 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

Bunda:

b) donni qayta ishlovchi korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan g‘allachilik klasterlari tomonidan g‘allani xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 50 milliard so‘mgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.

Bunda:

“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslari yaratiladi.

To‘rtinchidan, don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish jamg‘arma zimmasiga yuklatiladi va bug‘doy oylik grafik asosida jamg‘arma tomonidan birjada sotuvga qo‘yiladi.

Birja narxlari keskin o‘zgarganda, ya’ni uzluksiz 3 ish kuni mobaynida 20 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan yoki pasaygan hollarda jamg‘armaga tasdiqlangan grafikka o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Beshinchidan, Vazirlar Mahkamasiga “O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020—2021-yillarda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash topshirilmoqda.

Oltinchidan, g‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etiladi.

Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют