» » La Liga. “Barselona” Messi yagona goli evaziga uch ochko qo‘lga kiritdi

La Liga. “Barselona” Messi yagona goli evaziga uch ochko qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 27-turi doirasida “Barselona” 7-mart, shanba kuni “Real Sosyedad”ni qabul qilib, minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 81-daqiqada kiritildi: Lionel Messi mehmonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan holda katalon klubiga g‘alaba keltirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Kike Setyen shogirdlari ochkolarini 58 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi va 8-mart kuni o‘z o‘yinini o‘tkazadigan “Real”ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.

La Liga

27-tur bahsi

7-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 81, penalti Messi.

“Barselona”: ter Shtegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Buskets, Rakitich (Vidal, 74), de Yong, Breytueyt (Firpo, 89), Grizmann (Fati, 85), Messi.

“Real Sosyedad”: Remiro, Le Norman, Monreal, Gorosabel, Lyorente (Subeldiya, 71), Edegor, Merino, Barrenechea (Oyarsabal, 58), Gevara, Portu, Isak (Villian Joze, 82).

Ogohlantirishlar: Langle (16), Messi (42), Merino (56), Pike (61), Gevara (76), Oyarsabal (80), Buskets (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют