» » Mahmud Ahmadinajod Eron prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Mahmud Ahmadinajod Eron prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi


Eron davlatini 2005—2013 yillar oralig‘ida boshqargan, mamlakat sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda ISNA agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

12-aprel kuni Eron Tashqi ishlar vazirligida Ahmadinajodning sobiq ikki o‘rinbosari — Hamid Bagai va Masud Zaribafan ro‘yxatdan o‘tgan. Sobiq prezident vazirlikka ular bilan birgalikda kelgan va nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Avvalroq, Ahmadinajod prezidentlik musobaqasida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.

11-aprel, seshanba kuni Eron Tashqi ishlar vazirligida 19-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, mamlakatning tub fuqarosi va islom hamda islom rejimining faol tarafdori bo‘lgan istalgan shaxs prezident bo‘lishi mumkin. Arizalar besh kun davomida qabul qilinadi va hozirga qadar 100 dan ortiq inson ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют