» » O‘zbekistonda pul evaziga o‘qishga formasiz kelish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar inkor etildi

O‘zbekistonda pul evaziga o‘qishga formasiz kelish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar inkor etildi


MY5 telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida O‘zbekistonda ta’lim tizimida yangi tartib joriy etilishi kutilayotgani, unga ko‘ra, ma’lum to‘lov evaziga o‘qishga formasiz kelish imkoni berilishi haqidagi lavha efirga uzatildi.

Ko‘rsatuv boshlovchilari ushbu tartib o‘quvchilarga nisbatan joriy etilishi kutilayotganini, lavhani tayyorlagan muxbir esa oliy o‘quv yurtlari talabalari 2,23 million so‘m evaziga bir yil o‘qishga formasiz kelish huquqini qo‘lga kiritishi haqida gapiradi.

Xalq ta’limi vazirligi ushbu ma’lumotga izoh berar ekan, bunday “tashabbus”dan bexabar ekanligini ma’lum qildi.

“Xalq ta’limi vazirligi mazkur xabarlar noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qiladi. Vazirlikning bunday ‘tashabbus’dan xabari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi ‘Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan.

Barcha ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘quv yili boshida ushbu talablar bilan tanishtirilib, o‘quv yili davomida o‘z farzandining nizom talablariga mos ravishda umumta’lim maktablariga kelishini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют