» » Nukusda traktor va Nexia to‘qnashuvi oqibatida avtomobil yonib ketdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Nukusda traktor va Nexia to‘qnashuvi oqibatida avtomobil yonib ketdi, 2 kishi halok bo‘ldi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Telesentr“ OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida 9-mart, dushanba kuni, soat 09:00 da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi K.X. FN 953 Lobol rusumli traktorni boshqarayotib, chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan kelayotgan Nexia traktorning kovushiga urilgan.

YTH natijasida Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Nexia avtomashinasi esa yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonda 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan edi. O‘zbekistonda 2020-yilning ikki oyi ichida sodir bo‘lgan YTHlarda 265 kishi halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют