» » AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi

AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi


AQSh “Tolibon” harakati bilan tinchlik bitimi doirasida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshladi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlarining rasmiy vakiliga asoslanib, Associated Press xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini yaqin 4,5 oy ichida 13 000 dan 8 600 ga kamaytiradi. Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan to‘liq chiqarilishi 14 oy ichida yakunlanishi kerak.

AQSh qo‘shinlari va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda 2001-yildan beri bo‘lib kelmoqda. So‘nggi yillarda ular soni sezilarli darajada kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral, shanba, kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. Unda Amerikaning barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish ko‘zda tutilgan edi. “Tolibon” esa o‘z navbatida boshqa terrorchilik guruh vakillarini yashirmaslik va Afg‘oniston hukumati bilan to‘liq muzokaralar olib borish majburiyatini olgan edi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. “Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.

NBC telekanali Amerika razvedkasining Pokistondagi manbalari “Tolibon” amerikaliklar Afg‘onistondan chiqib ketguniga qadar kelishuv shartlariga rioya qilishini, shundan so‘ng hukumat qo‘shinlarining pozitsiyasiga hujum uyushtirishini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют