» » Stokgolmdagi terakt ijrochisi avvalroq O‘zbekiston tomonidan qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi

Stokgolmdagi terakt ijrochisi avvalroq O‘zbekiston tomonidan qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi


Stokgolmdagi terakt ijrochisi deb gumon qilinayotgan Rahmat Oqilov diniy eksterizm ayblovi ostida O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan. Bu haqda, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga asoslanib, “Interfaks” agentligi xabar bermoqda.

Meduza’ning yozishicha, O‘zbekistonda Oqilovga nisbatan “jamoat xavfsizligi va tartibiga xavf soluvchi materiallar tayyorlash yoki tarqatish”, “ekstremistik tashkilotlar faoliyatida qatnashish”, shuningdek, “voyaga yetmagan shaxsni jamiyatga qarshi harakatga jalb etish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, millati tojik bo‘lgan Oqilov Shvetsiyada bo‘lgan vaqtida IShID ta’siriga tushib qolgan. Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, Oqilov 2015-yili IShID safida jang qilish uchun Suriyaga kirishga uringan, biroq Turkiya chegarasida qo‘lga olingan. Qochoq maqomiga ega bo‘lgani uchun, u Shvetsiyaga deportatsiya qilingan.

39 yoshli Rahmat Oqilov 7-aprel kuni Stokgolmda piyodalarni urib o‘tgan yuk mashinasini boshqargan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 15 kishi tan jarohati olgan. Shvetsiya hukumati yuz bergan voqeani terakt deb baholadi.

Advokatining so‘zlariga ko‘ra, Oqilov “terrorchilik harakatini sodir etganligi”ga iqror bo‘lib, o‘z aybini tan olgan.

Shvetsiya politsiyasining ma’lum qilishicha, Oqilov 2014-yili mamlakatda doimiy yashash uchun ariza topshirgan, biroq 2016-yilda unga rad javobi berilgan va u deportatsiya qilinishi lozim edi. 2017-yil fevralidan beri Oqilov mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Shvetsiyada qidiruvda bo‘lgan.

Shvetsiya huquqni muhofaza qilish organlari avvalroq Oqilovning diniy aqidaparastlarga xayrixoh bo‘lgani haqida ma’lum qilgan, biroq uning IShID bilan aloqalari haqida hech qanday ma’lumot bermagan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют