» » Xitoyda koronavirusga chalinishning 24 ta yangi holatidan 10 tasi chetdan yuqtirilgani aniqlandi

Xitoyda koronavirusga chalinishning 24 ta yangi holatidan 10 tasi chetdan yuqtirilgani aniqlandi


So‘nggi bir sutka davomida Xitoyda qayd etilgan COVID-19 koronavirus infeksiyasining 24 holatidan 10 tasi boshqa davlatdan yuqtirilgan, deya xabar bermoqda Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi.

Qayd etilishicha, Xitoyda so‘nggi bir sutka davomida aniqlangan koronavirus infeksiyasining 24 ta holatidan 13 tasi epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida, yana biri Xeylunszyan provinsiyasida aniqlangan. Qolgan 10 ta holatda virus chetdan yuqtirib kelingan. Ulardan 6 tasi Pekinda, 2 tasi Shanxayda, 1 tasi Shaldun provinsiyasida va yana biri Gansu provinsiyasida qayd etilgan.

So‘nggi bir sutka davomida Xitoyning 25 ta hududida birorta ham koronavirusga chalinishning yangi holati aniqlanmagan.

Avvalroq Pekin hukumati shahar epidemiologik xizmati COVID-19 yuqtirib olishning 6 ta yangi holatini aniqlagan, kasallanganlarning 5 nafari Italiyadan, yana biri AQShdan kelgan bo‘lgan.

So‘nggi vaqtlarda Xitoy, ayniqsa, Pekin va Shanxay kabi yirik shaharlarda koronavirusni chetda yuqtirish holatlari ko‘paygan. Koronavirus infeksiyasi bo‘lgan yo‘lovchilar Italiya va Erondan bir necha bor kelgan, shuningdek, Buyuk Britaniya va Ispaniyadan ham virus kelishi holatlari kuzatilgan. Umumiy hisobda Xitoyda infeksiyani chetdan yuqtirishning 79 ta holati qayd etilgan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat’iy karantin siyosatini belgilash zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют