» » Ozarbayjonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi

Ozarbayjonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi


Ozarbayjonda koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etdi. Bu mamlakatda koronavirus tufayli kuzatilgan birinchi o‘lim holati hisoblanadi. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtab xabariga ko‘ra, Erondan vataniga qaytgan va karantinga joylashtirilgan ozarbayjonlik ayol koronavirusning mamlakatdagi birinchi qurboniga aylangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Ayolda koronavirus infeksiyasi alomatlari aniqlangan va u karantinga joylashtirilgandi. Afsuski ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi”, — deyilgan xabarda.

12-mart holatiga ko‘ra, Ozarbayjonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 15 nafarga yetgan. 10-mart, seshanba kuni, Ozarbayjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini ommaviy tartibda o‘tkazishni bekor qilgan. Ozarbayjonda koronavirus sababli barcha OTM va maktablar vaqtincha yopilgan.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, ommaviy tadbirlar boshqa MDH davlatlarida ham koronavirus sabab o‘tkazilmaydi. Jumladan, Qozog‘istonda avvaliga 8-mart bayramiga bag‘ishlangan konsert, keyinchalik turli ommaviy tadbirlar, O‘zbekistonda Tashkent Law Spring ikkinchi yuridik forumi hamda ziyorat turizmi haftaligi kabi xalqaro tadbirlarning o‘tkazilishi bekor qilingan.

Mavzuga doir: Amerikada koronavirus bo‘yicha biznes-konferensiya koronavirus tufayli qoldirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют