» » Nukusda Matiz va “Gazel” to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi

Nukusda Matiz va “Gazel” to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi


Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida inson o‘limi bilan yakunlangan mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

11-mart kuni soat 09:00 larda, Nukus shahar “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” 4R176 yo‘lining 2-kilometrida haydovchi A.B. boshqaruvidagi Matiz avtomobilida oldinda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan va qarshisidan kelayotgan haydovchi T.A. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” bilan to‘qnashgan.

Natijada, Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etgan.

“Gazel” rusumli transport vositasining 17 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Avvalroq Nukusda traktor va Nexia to‘qnashuvi oqibatida avtomobil yonib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ikki oy ichida sodir bo‘lgan YTHlarda 265 kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют